Huawei 2
Jizzaxda o'qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelgani uchun o'quvchilarga stul ko‘tartirib qo'ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktabda tahsil olayotgan 1-sinf o‘quvchilari stul ko‘tarib turganliklari aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.

Aniqlanishicha, shu yilning 22-aprel kuni Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabda 1-"A" sinfga o‘tilayotgan ingliz tili darsida o‘qituvchi R.T. (1999-yilda tug‘ilgan) o‘quvchilardan uyga berilgan vazifalarni so‘ragan. 6 nafar o‘g‘il va 7 nafar qiz bolalarini darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganliklari tufayli go‘yoki tarbiyaviy chora deb sinf xonasidagi o‘zlari o‘tirgan stullarni ko‘tarishga majbur qilgan. Ushbu holatni o‘zining telefon apparatida video tasvirga olib, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali shu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolalarga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlikka tayangan tarbiya choralarini, jumladan, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash qonunan taqiqlangan va tegishli javobgarlikka asos bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga