Huawei 1
Jizzaxda pornografik foto va video tarqatgan va IIO xodimlariga bo‘ysunmagan erkak javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 14-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudida MJtKning 189-183 va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik holati yuzasidan E.B.ga nisbatan to‘plangan maʼmuriy ish ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, 1989 yilda tug‘ilgan E.B. o‘ziga tegishli bo‘lgan uyali aloqasiga o‘rnatilgan telefon raqamiga Telegram tarmog‘ida ochilgan profildan shu yilning 11-12 avgust kunlari 2 nafar shaxsga va 13 avgust kuni Telegram‘dagi guruhga pornografik mazmundagi material yuborib, tarqatganligi tuman IIB xodimlari tomonidan aniqlangan.

Sudlanuvchi E.B. huquqbuzarlik harakatini davom ettirib, joriy yil 14 avgust kuni Forish tumani IIB binosi oldida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, tushuntirish xati yozishdan bosh tortib, baqir-chaqir qilib, mayda bezorilik sodir etgan. Hamda IIO xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmagan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi E.B. MJtKning 183-189 va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Unga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va MJtKning 189-moddasi bilan BHMning 50 baravari (17 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi hamda MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan BHMning 5 baravari (1.7 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91302 | Инструменты