Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib qayta tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
5-noyabr kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada 14-G‘ozovot saylov okrugidan saylangan deputat Altibay Radjabov xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi raisi etib saylandi.
Sessiyada Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты