O'zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etildi
“Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5073-son, 13.04.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 1 maydan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, uning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.
Shunga asosan, Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida bir qator vazifalar yuklatildi.
Xususan, Vazirlik qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Bundan tashqari, Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
Departamentning o‘z faoliyatini bevosita hududlarda olib boradigan xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61811 | Инструменты