Huawei 1
"Kechirasiz-u, yer sotishni kasb qilgan bo‘lsa, qarorni "poddelka" qilishni kasb qilgan bo‘lsa" — Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi "tozalash" ishlarining sababini ochiqladi

Avvalroq, Muzaffar Rashidov Qibray tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik

Tumanning sobiq hokimi Miragzam Mirkasimov investitsiya, sanoat sohasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari bois davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda lavozimidan ozod qilingan edi. Bundan tashqari, Xalq deputatlari Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bir qancha o‘rinbosarlarni lavozimidan ozod qildi.

"Men nimaga Qibrayda sessiya bo‘lganda, tuman hokimiyatidagi hamma xodimni ishdan bo‘shatib tashladim? O‘rinbosarlarning hammasi ishdan olindi.

Ertalabdan beri menga Fecebook'dan kimni Qibrayga olib kelasiz deb, yozyapti. "Qo‘rqma, Qibrayni yigitlarini, qizlarini olib kelamiz", deb yozdim ularga.

Endi mayli, ular ko‘pchilikka ma’qul kelgandir. Kechirasiz-u, yer sotishni kasb qilgan bo‘lsa, qarorni "poddelka" qilishni kasb qilgan bo‘lsa, endi tuman hokimi shuning uchun javob beryapti.

Umuman ma’lumotlar to‘g‘ri kelmaydi. Ariza va shikoyatlar bilan qanoatlashtirish darajasi 28 %. Arizaga javob bermagan. Investitsiya dasturiga kirgan obyektning nazorati yo‘q. Maktab, bog‘chalar ustidan nazorat yo‘q, hamma narsa gapda faqat. Bittasiga tegsangiz, 90 ta odam telefon qiladi. Men kecha telefon qilganlarga "Sal Qibrayga ham toza qon, havo kirsin-chi", deb aytdim", — deydi viloyat hokimi.

Bundan tashqari, Zoyir Mirzayev bitta tumanda shunday tozalash ishlari natija bersa, qolgan tumanlarda ham bu narsani qo‘llashini aytdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90300 | Инструменты