Huawei 1
Komil Allamjonov: "Biz o'tmishi buyuk, kelajagi buyuk, o'rtasi kuyuk bo'lib qolmaylik"

Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov O'zbekistonda ilmga e'tiborni kuchaytirish kerakligini ma'lum qildi.

"O'zbekistonda zudlik bilan ilm, bilimdonlar, olimlar, tadqiqotlar, tajribalar, laboratoriyalar, o'rganishlar, yangiliklar, kashfiyotlar trendga chiqishi kerak. Chunki bugun shundoq ham kech, ertaga esa undan ham kech bo'ladi. Vaqt bizga qarshi ishlayapti. Boshqa tomondan, xechdan ko'ra kech yaxshi. 

Quruq gapda o'tgan allomalarmiz bilan kerilib, g'azalxonligu, bahri baytlar qilib, she'rlar to'qib, o'zimizni yupatib yuraganimiz bilan birimiz ikki bo'lmadi. 

Tag'in biz o'tmishi buyuk, kelajagi buyuk, o'rtasi kuyuk bo'lib qolmaylik — bu ketishda, Olloh asrasin. Shunga erishish kerakki, bizdan oldingilar rizo, keyingilar faxirlansin"- deb yozdi Allamjonov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62009 | Инструменты