Huawei 1
Kommunal to‘lovlarni to‘lashda qarzlarni undirish bo'yicha sudga murojaat qilish bekor qilindi

Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi.

Mazkur Qonun bilan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi va “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan sport inshootlaridan maqsadli foydalanilishni nazorat qilish, kommunal to‘lov va majburiy badallarni to‘lashda qarzlarni undirish bo'yicha sudga murojaat qilish bekor qilindi.

Shuningdek, tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish, yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo'yicha belgilangan normalar ham bekor qilindi.

Shu bilan birga Bojxona qo‘mitasining chet eldan respublika hududida vaqtincha foydalanilayotgan transportlarning egalari majburiy sug‘urta bo‘yicha qoidalarning bajarilishini nazorat qilish funksiyasi ham bekor qilindi.

Qonunga ko‘ra, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini elektron tarzda yuritilishini taʼminlash vakolati berilmoqda.

Qayd etilishicha, davlat organlari tadbirkorlar faoliyatining qonunchilik talablariga mosligi bo'yicha shakllantiriladigan elektron reyestrini yuritish kabi vakolatlar ha, berildi.

Undan tashqari, auditorlarni sertifikatlashni tartibga solishda Hukumat va Moliya vazirligining nazorat qilish roli yana-da qisqartirilmoqda. Hamda mazkur sohani rivojlantirish uchun vazifalar auditorlarning respublika jamoat birlashmalariga o‘tkazilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61712 | Инструменты