Huawei 1
Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi masʼuliyatsizligi uchun 10 nafar rahbarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Konimex tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlis yakunida o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan viloyatdagi uy-joy kommunal, maktabgacha va maktab ta'limi, sog'liqni saqlash sohasidagi davlat tashkilotlarining turli darajadagi rahbarlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan Milliy kengash qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, jami 10 nafar rahbardan 7 nafariga lavozimidan ozod etish, 3 nafariga hayfsan chorasi qo‘llaniladi.  

Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan barcha hududlarda korrupsiya xavfi yuqori sohalarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha har bir hudud kesimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks "Yo‘l xarita"lari tasdiqlanib, masʼuliyatsizlik va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan masʼul rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60621 | Инструменты