Huawei 1
Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Magistratura mutaxassisliklari uchun davlat OTMlarida jami 17 ming 500 o‘rin ajratildi. Davlat granti uchun ajratilgan kvotalar – 9 365 tani tashkil qiladi. Shundan o‘zbek tili uchun 8 092 ta, rus tili uchun 1 273 ta o‘rin ajratildi.

Kontrakt bo‘yicha jami 8 135 ta kvota tasdiqlanib, uning 6 539 tasi o‘zbek tili va 1 596 tasi rus tili uchun taqsimlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90809 | Инструменты