Prezident joriy yil 8-noyabr kuni Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida bi qator talablar bekor qilinadi.
Quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;
- aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-apreldan:
➖MCHJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas;
➖yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi.
2023-yil 1-iyuldan xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61909 | Инструменты