Huawei 1
Milliy gvardiya xodimlari endilikda tibbiy niqob taqmagan fuqarolarga niqob taqdim etadi

O'zbekistonga koronavirusning “omikron" shtammi kirib kelgan bo‘lsa-da, atrofimizda tibbiy niqob taqqanlar juda kam. Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiy niqobsiz yurganlarga 1 million 350 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilishi borasida xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli? Ushbu tartib qachondan kuchga kirgan yoki qachondan kuchga kiradi?

Mazkur savolga AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov yurtimizdagi koronavirus bilan bog‘liq mavjud epidemiologik holat yuzasidan o'tkazilgan matbuot anjumanida javob berdi.

Uning ta’kidlashicha,  bu tartib amalda va bekor bo‘lmagan. 

"Belgilangan me’yorlarga muvofiq, jarima tayinlanadi. Endilikda Milliy gvardiya xodimlari tibbiy niqob taqmagan fuqaroga niqob taqishi kerakligi borasida eslatib tushuntirish ishlarini olib boradi hamda yonida tibbiy niqobi bo‘lmaganlarga niqob beradi", dedi Habibulla Oqilov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122400 | Инструменты