Bugun, 21-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2024-yil uchun Davlat budjetida Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, 2024-yil uchun Davlat budjetida yoshlarga kutubxonadan kechki vaqtda foydalanish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston Milliy kutubxonasi 20-oktyabrdan boshlab kechki smenada ishlamasligini bildirgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20511 | Инструменты