Vazirlar Mahkamasining "Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda. 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab sinov tariqasida ishga tushirilayotgan platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
- sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
- respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyoxlarga gid, gid-tarjimon, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
- yo‘nalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
- avtobus, avia va temir yo‘l chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
- xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121218 | Инструменты