Huawei 1
Mirobod tumani Amir Temur koʻchasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida  Mirobod tumani A. Temur ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar aholisi va ijtimoiy soha obyektlarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash, yoz mavsumida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, tarmoqlar yuklamаsini me’yoridа saqlash hamda kelgusida quvvat uzatishda zaxira yaratish maqsadida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalari yangilanmoqda.

Xususan, Mirobod tumanining Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab yangi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan, 15-maydan to qurilish ishlari yakunlangunga qadar Amir Temur shoh ko‘chasining Nukus ko‘chasi bilan kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lning bir tasmasi vaqtincha yopiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71008 | Инструменты