2021 yil noyabridan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Murotjon Azimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi
Qarshi shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41118 | Инструменты