Huawei 2
Namanganda tuman hokimligi tarixiy masjidni 61 mln so'mga sotib yuborgani aniqlandi

Namangan viloyatida madaniy meros sifatida saqlanib kelgan obyekt sotib yuborilgani ma'lum bo'ldi. Holat yuzasidan Prokuratura organlari xodimlari tekshiruv o'tkazgan. 

Qayd etilishicha, ushbu madaniy meros yodgorligi Chust tumanining “Yangi hayot” mahallasida joylashgan bo'lib,  XX asr boshiga mansub “Abdumalik” nomli masjid bo'lgan.  2018-yilda Chust tuman hokimining qarori bilan “Hashar yo‘li bilan qurilgan, hozirda qarovsiz qolgan, egasi aniqlanmagan bino”, degan asossiz vaj bilan Madaniy meros inspeksiyasi balansidan hokimiyat balansiga o‘tkaziladi.

So‘ng, hokimlik mansabdorlari uni auksion savdolari orqali 61 mln. so‘mga sotib yuborgan.

Tuman hokimining 30.04.2019 yildagi qarori bilan ushbu madaniy meros obyektini qayta qurishga noqonuniy ravishda ruxsat beriladi. Natijada, uni sotib olgan fuqaro tomonidan “Abdumalik masjidi”ning 61,1 kv.metr shift qismi qaytadan ta’mirlanib, tusi o‘zgartirilganligi natijasida 806,5 mln. so‘m jiddiy zarar yetkazilgan.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, Chust tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga