Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda.
Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.
Tumanda sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish davomida voyaga yetmagan bolalarning zaharlanishi sabablari aniqlanadi va bu haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.
Voyaga yetmagan bolalar nimadan zaxarlanganligi hali noma’lum.
"Chust tumanida favqulodda holat e’lon qilinganligi xaqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - deyiladi prokuratura xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112204 | Инструменты