Huawei 2
Namanganda MIB kreditni to‘lamagan shaxsning 777 raqamli KIA Stinger’ni tortib oldi

MIB Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv shoʻbasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sud qaroriga ko‘ra ATB "Kapitalbank"dan kredit va uning foizlaridan 306 mln so‘m qarzdorligi borligi sababli qarzdor fuqaroga ixtiyoriy muddatda sud qarorida ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘lab qo‘yish yuzasidan ogohlantirilgan. Bu haqda MIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Biroq, qarzdor majburiyatni bajarmagan. Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. 

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorga tegishli bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport rusumi borligi aniqlangan. Lekin D.M. qarzdorlikni to‘lamasdan, avtomashinada harakatlanishni davom ettirgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida KIA rusumli mashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga