Huawei 1
Navoiy viloyati To'dako'l suv xavzasida turizm rekriatsion zonalari yaratiladi

Muxtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning islohotlari natijasida bugungi kunda Turizm sohasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mana shunday islohotlar natijasi o'laroq Navoiy viloyatida turizm salohiyatini targ'ib qilish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to'liq va samarali foydalangan holda turistlar oqimini ko'paytirish va viloyatning ijobiy qiyofasini shakllantirish hamda Navoiy viloyatining To'dako'l suv xavzasida turizm rekriatsion zonalar barpo etish borasida chora-tadbirlar bosqichma bosqich amalga oshirilayotganligini viloyat hokimi Kobuljon Tursunov o'tkazilgan viloyat Xalq Deputatlari Kengashining 9-sessida alohida ta'kidlab o'tdi.
To'dako'l suv ombori atrofida bugungi kunda 22 ta turizm sohasidagi xususiy tadbirkorlik sub'ektlari mavjud bo'lib 1282 ta mehmon qabul qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek bugungi kunda To'dako'l suv havzasi atrofida turizm ob'ektlarini tashkil qilishga oid qiymati 17.3 mlrd.so'mlik loyihalarni amalga oshirilmoqda.

Pandemiya sharoitida joylashtirish vositalari xizmatlarini tashkil qilish, sanitariya epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ichki turizmni amalga oshirish, hududlarning mavjud infratuzilmasini rivojlantirish hamda turizm sohasidagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi izchil davom etib kelmoqda. Xususan Navoiy viloyati Qiziltepa tumani To'dako'l suv xavzasi hududidagi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi balansida bo'lgan, o'rmon bilan qoplanmagan jami 153 gektar yer maydonlarini tuman zaxira yerlar fondiga qaytarish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi tayyorlandi hamda muhokamaga qo'yildi deydi Navoiy viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig'i Javlon Xasanov.

To'dako'l suv xavzasida turizm rekriatsion zonalar barpo etilishi hamda  turizm loyihalarning ishga tushirilishi xorijiy sayyohlarni qabul qilish imkoniyatini 3 barobarga (45-50 mingtagacha), mahalliy sayyohlarni qabul qilish imkoniyatini esa 5 barobarga (1,5 mln.) oshirish imkoniyati hamda sayyohlarni mazkur hududda kamida 2-3 kun ushlab qolish imkoni yaratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты