Navro‘z arafasi va bayram kuni O'zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

“O‘zgidromet” 20-21 mart uchun eʼlon qilgan prognozlarida tog‘li hududlarda yog‘inlar kuchli bo‘lishi maʼlum qildi.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchiliklar kutilyapti. 

Shimolda havo biroz bulutli bo‘ladi, 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20-21 martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 20 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 21 martda kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Markaziy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, 19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-21 martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21 martda ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 20 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 21-martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Janubda 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-21-martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21 martda ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 20 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 21 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida 19-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-21 martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 20 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 21 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты