Huawei 1
Navro'z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma eʼlon qilindi

"Uzbekistan Airways" 21-24 mart kunlari amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma eʼlon qildi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" AJ axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbayeva maʼlum qildi.

Ushbu chegirmalardan nafaqat O'zbekiston fuqarolari, balki chet el fuqarolari ham qo‘llanishlari mumkin.

Tarifdan 30% chegirma asosida taqdim etiladigan aviachiptalarni bugundan, yaʼni 1-martdan boshlab 24-mart kuniga qadar xarid qilish mumkin.

Ushbu chegirmalar faqat 21-martdan – 24-mart kuniga qadar amalga oshiriladigan mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun qo‘llanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101810 | Инструменты