Huawei 1
Nodirjon Xolbo‘tayev O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari bo‘ldi

Nodirjon Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq) Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O'zA xabar berdi.

Ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Kenjayev Dilshod Mutalibovich Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Nodir Jonuzoq shu paytgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga