Noqulay ob-havo sharoiti sabab quyidagi reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi:
Fly Khiva aviakompaniyasining Madina — Qarshi yo‘nalishidagi 2U7623 reysi — Samarqand muqobil aerodromiga;
Centrum Air aviakompaniyasining Jidda — Buxoro yo‘nalishidagi C63316 reysi — Samarqand muqobil aerodromiga;
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Qozon — Farg‘ona yo‘nalishidagi HY9652 reysi — Toshkent muqobil aerodromiga;
Ural Airlines aviakompaniyasining Moskva — Qarshi yo‘nalishidagi U62457 reysi — Samarqand muqobil aerodromiga;
FlyOne aviakompaniyasining Jidda — Farg‘ona yo‘nalishidagi 7Q2242 reysi — Toshkent muqobil aerodromiga yo‘naltirildi.
Shuningdek, Qarshi aeroportidagi ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways‘ning Moskva — Qarshi yo‘nalishidagi HY9624 reysi ekipaji Samarqand muqobil aerodromiga yo‘l olishga qaror qilgan.
Bundan tashqari, Urganch aeroportidagi noqulay ob-havo sabab Uzbekistan Airways‘ning Toshkent — Urganch yo‘nalishidagi HY51 reysi ekipaji Nukus muqobil aerodromiga qo‘nishga qaror qilgan.
Aviayo‘lovchilardan reyslar bo‘yicha yangilangan maʼlumotlarni aviakompaniyalar va aeroportlarning rasmiy manbalari orqali tekshirib borish so‘ralmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты