Nurafshon shahar hududida Zulfiya Zokirova nomidagi meʼmorial majmua quriladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.
Maʼlumot uchun, Zulfiya Zokirova Ikkinchi Jahon urushida beshta oʻgʻlini yoʻqotgan ona hisoblanadi. Zulfiya Zokirova taqdiri aks etgan «Ilhaq» filmi suratga olingan. Toshkentdagi gʻalaba bogʻida ilk haykali oʻrnatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91616 | Инструменты