Huawei 2
Nurafshon shahrida Prezident maktabi foydalanishga topshirildi

Maktabning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi pedagoglari va o'quvchilari, deputatlar, nuroniylar va o'quvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov so'zga chiqib, mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar bilimga chanqoq yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta'kidladi. Barcha zamonaviy sharoitlarga ega Prezident maktabi hududdagi iqtidorli o'g'il-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.

Toshkent viloyatida joriy yil ijtimoiy sohada bir qator ob'ektlar qurilib, mukammal ta'mirlandi. Xususan, zamonaviy maktablar, bog'chalar, mahalla fuqarolar yig'inlari idoralari, poliklinikalar shular jumlasidandir.

Shuningdek, tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova bu kabi ta'lim muassasalarida o'qish katta mas'uliyat va baxt ekanini ta'kidladi.

Mazkur ta'lim muassasasi 2 qavatli bo'lib, 168 o'ringa mo'ljallangan. Bu yerda o'quvchilar uchun barcha qulaylik yaratilgan. Sinfxonalar eng zamonaviy o'quv anjomlari bilan ta'minlangan bo'lib, yuqori tezlikka ega internet tarmog'iga ulangan. Shuningdek, sport va boshqa tadbirlar o'tkaziladigan zallar, oshxona, yotoqxona kabi qo'shimcha xonalar ham o'ziga xos tarzda jihozlangan.

O'qishga kirish uchun joriy yilda o'tkazilgan test sinovlariga 7 ming nafardan ortiq iqtidorli o'quvchi hujjat topshirdi. Ular orasida eng yuqori ball to'plagan 144 nafari maktabning 5-,6-,7-,8-,9-,10-sinflariga o'qishga qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga