Huawei 1
O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan davlat tadbiri Samarqand xalqaro turistik markazida bo‘lib o‘tadi

Bugun 29-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan umumxalq bayramining asosiy tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Maktabgacha ta’lim vazirliklari hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 700 nafar ustoz-murabbiylari ishtirok etadi.

O‘qituvchilar ikki kun davomida «Boqiy Samarqand» majmuasiga hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladi.

Aytish joizki, Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi ilk bor dunyoning 14 davlati rahbaridan iborat Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari kengashiga mezbonlik qilgan edi. Mazkur majmuada yuksak darajada o‘tkazilayotgan navbatdagi tadbir aynan o‘qituvchi va murabbiylarning kasb bayrami munosabati bilan bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilishicha, ayni damda Samarqandda tantanali tadbirga tayyorgarlik jarayoni kechmoqda.

Shuningdek, Samarqandga yetib borgan o'qituvchi va murabbiylar 5 yulduzli mexmonxonalarga joylashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60622 | Инструменты