Mashhur CNN Travel portali dunyodagi 50 ta eng yaxshi non ro‘yxatini eʼlon qildi. Mamlakatimiz milliy taomi o‘zbek noni ham mazkur ro‘yxatdan o‘rin oldi.
Gullar, naqshlar va maxsus shtamplar bilan bezatilgan o‘zbek nonlari anʼanaviy tandirlarda tayyorlanadi. Shuningdek, ular mintaqaga qarab turlicha shakl va mazaga ega — Toshkentdan Samarqandgacha har bir hududning noni o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Issiq nonlar tandirdan chiqqach, bozor va qahvaxonalarga yetkazish uchun maxsus choparlar tomonidan tarqatiladi, deya taʼkidlaydi CNN Travel.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102012 | Инструменты