Huawei 1
O‘zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi

Madaniy meros agentligining xabariga ko'ra, 20-may kuni bo‘lib o'tadigan “SHHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” forumi doirasida “TURKTAV ” jamg‘armasi tomonidan O'zbekiston tarixiga oid qo'lyozmalarning asl nushalari "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros institutining kutubxonasiga topshiriladi. Mazkur tashabbus Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshirildi.

Turkiya Respublikasi Turkiy tillar tarixi va madaniyati “TURKTAV ” jamg‘armasi “SHHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” xalqaro forumi doirasida o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonli imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdilar. 

Endilikda o‘zbek olimlari O‘zbekiston Respublikasi tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, ayni vaqtga qadar Fond tomonidan 55 ming elektron qo‘lyozma hujjatlar raqamlashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты