O‘zbekiston bo‘yicha kelayotgan yangi haftada anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
Unga ko‘ra, 9-11 yanvar kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
9-10 yanvar kuni ba’zi joylarda shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10-15 yanvar kunlari respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari -12...-17 daraja sovuq, kunduz kunlari -5...-8 daraja sovuq; shimolda kechalari -17...-22 daraja sovuq, Ustyurtda va cho‘l hududlarning ba’zi joylarida -25...-27 sovuq, kunduz kunlari -7...-10 daraja sovuq, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari -5...-10 sovuq, kunduz kunlari -2...-5 darajagacha pasayadi.
Yo‘llarning ba’zi joylarida yaxmalak yuzaga keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41212 | Инструменты