Huawei 1
O‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin

2025-yilning 1-aprel kuni O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulamov Germaniyaning ta’lim va migratsiya sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Delegatsiya tarkibiga Germaniya hududiy savdo-sanoat palatalarining direktorlari, shuningdek, GP Günter Papenburg AG taʼsischi kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlari kirdi.

Uchrashuvda bir qator istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari, shu jumladan:

- Oʻzbekiston yoshlarini ilgʻor texnologiyalarga oʻrgatish va keyinchalik ularni Germaniya korxonalariga ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;

- Germaniyalik mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozlar berish;

- Oʻzbekiston diplomlarining Germaniyada tan olinishi va Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining Germaniya taʼlim vazirligining “ANABIN” axborot bazasiga kiritilishi muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41011 | Инструменты