Isroil Davlati havo hududining vaqtincha yopilgani munosabati bilan ushbu mamlakat bilan aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Isroil hukumati va tegishli aviatsiya idoralaridan havo hududi ochilgani to‘g‘risida rasmiy xabar kelib tushishi bilan, O‘zbekiston aviakompaniyalari tomonidan keyingi amaliyotlar yuzasidan alohida maʼlumot taqdim etiladi.
Elchixona yurtdoshlarni xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishga, mamlakatda bo‘lish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61506 | Инструменты