Loyihada Mirzo Ulug‘bek tumanila istiqomat qiluvchi 300dan ortiq yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi tashabbusi bilan Ekoparkda ilk bor “Smartes of Point” loyihasini o‘tkazdi. Ushbu tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlarda yoshlarning faolligini oshirish, qolaversa, uyushmagan yoshlarni fikr-mulohazalarini o‘rganib, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar bilan tinishtirishdan iborat. Loyihada Mirzo Ulug‘bek tumanila istiqomat qiluvchi 300dan ortiq yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, mustaqil fikrlay oladigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor yoshlar safini kengaytirishdan iborat. Qolaversa uyushmagan va imkoniyati cheklangan yoshlarga e’tibor qaratib, ularning ham islohotlardagi faolligini oshirish tadbirning asosiy jhatlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, loyiha doirasida tashkil etilayotgan sport tadbirlariga qator olimpiada hamda paralimpiya sovrindorlari jalb etilgan bo‘lib, ular yoshlar bilan birga voleybol hamda boshqa sport o‘yinlarida ishtirok etishdi. Shu bilan birga, ishtirokchilar esdalik uchun sport yulduzlari bilan suratga tushishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71613 | Инструменты