Huawei 2
O‘zbekistonda 1-dekabrdan yangi telekanal - FTV efirga chiqadi

1-dekabrdan boshlab yangi telekanal - FTV efirga chiqadi! FTV O‘zbekiston telekanallari turkumida munosib o‘rin egallagan yangi telekanalga aylanadi.

Kanal nomidagi "F" harfini turlicha talqin qilsa bo‘ladi - bu ham Fun, ham Family, Fashion, Fire, Fast, Friendly, Future, Favorite, shuningdek qiziqarli, yorqin, ko‘ngilochar, urfbop kontent bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tushunchalardir. O‘z nomiga mos tarzda, telekanal yorqin, jiloli va quvnoq ranglarda bezatiladi. U barcha yoshdagi tomoshabinlar, ham yoshlar, ham keksalar va bolalar uchun birdek qiziqarli bo‘ladi.

Yangi telekanal nimani namoyish etadi? 

Bu savolga FTV bosh muharriri Ibrohim Ahmedov shunday javob berdi: 

“Yangi kanal, albatta, turli mavzudagi qiziqarli va quvnoq mualliflik dasturlari, mashhur mahalliy va xorijiy ijrochilarning musiqiy kliplari, madaniy va sport tadbirlari translyatsiyalari, kinofilmlar va boshqa ko‘plab ko‘rsatuvlar demakdir. Tomoshabinning e’tiborini jalb etish maqsadida ko‘rsatuvlar formatini qiziqarli va mazmunli bo‘lishini ta’minlaydigan taniqli va yosh istiqbolli teleboshlovchilar taklif etildi”.

Bundan tashqari, translyatsiyaning bir qismini interaktiv va fikr-mulohazalar bilan tomoshabinlar uchun qiziqarli bo‘lgan "JONLI EFIRDA" uzatiladigan dasturlar egallaydi.

Bir necha yillik tendensiyalar shuni ko‘rsatadiki, tomoshabinlarning soni o‘sishi bo‘yicha ko‘ngilochar kontentga ega telekanallar eng tez rivojlanmoqda. 

Shunday qilib, yangi kanal tez orada reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab, tomoshabinlar qalbidan joy olishiga umid qilamiz. Pultda tomoshabinlar yangi FTV tugmachasini FUTBOL TV o‘rnida topadilar.

FTV kanali uzdigital tv platformasi, kabel televideniyesining studiyalari va on-layn-TV platformalarida kechayu kunduz, ya’ni 7/24 rejimida, efirga uzatiladi. 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Full HD formatida, respublikaning boshqa hududlarida SD formatida tomosha qilsa bo‘ladi. FTV telekanali «UzReport» axborot agentligi tarkibiga kiradi.

FTV telekanalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Instagram - https://www.instagram.com/ftv_kanal

Telegram - https://telegram.me/ftv_kanal

YouTube - https://www.youtube.com/@ftv_kanal

Facebook - https://www.facebook.com/ftvkanali

TikTok - https://www.tiktok.com/ftv_kanal

Izohlar: 7
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga