Huawei 1
O‘zbekistonda "Dok-1 MAKS" tabletka va sirop dori vositalarining savdosi to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan "Dok-1 MAKS" tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan so‘ng bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining ma’lum qilishicha, ushbu vaziyat darhol nazoratga olingan. Bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzilgan. Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.

Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning "Marion Biotech Pvt. Ltd" kompaniyasiga tegishli "Dok-1 MAKS" tabletka va limon va asal ta’mli sirop dori vositalari o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida e’lon qilinadi.

Ushbu dori vositasining O'zbekistoondagi savdosi joriy yil 22-dekabrdan vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda "Quramax Medical" MCHJ tomonidan realizasiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120212 | Инструменты