Huawei 1
O‘zbekistonda moped va skuter haydovchilariga haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talabi 1-oktyabrga uzaytirildi

O‘zbekistonda moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 2025 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 iyuldagi qaroriga ko‘ra, 2025 yil 1 martdan boshlab moped va skuterni boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talab etilishi belgilangan edi.

Hukumatning 12 apreldagi qaroriga ko‘ra, yuqoridagi muddat 2025 yil 1 oktyabr etib o‘zgartirildi.

Avval 2025 yil 1 mart sanasi belgilangan bo‘lsa, endilikda bu talab 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41623 | Инструменты