Huawei 1
O‘zbekistonda qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirilishi mumkin

Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisida “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi qonun muhokama qilindi.

O'zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, huquq-tartibotni taʼminlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishilmoqda.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida aniq manzilga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar belgilanishi, ushbu masalaga kompleks yondashgan holda huquqbuzarliklarning tizimli ravishda sodir etilishiga doir sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarning yo‘lga qo‘yilishi muhim hisoblanadi.

Taʼkidlanganidek, qonun bilan O‘zbekistonning Jinoyat kodeksiga hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazishni, yarashuv institutiga kiruvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlar mazkur qonun aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlashga, O'zbekistonda kriminogen vaziyatning yaxshilanishiga hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha yarashuv institutining taʼsir etish doirasini kengaytirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

 Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты