21 dekabrga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatidagi trassada ichida 50 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus buzilib qoldi. Bu haqda “ORDA” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samara-Chimkent yo‘lining Irgiz tumanidan o‘tgan qismida yo‘lovchi avtobusning buzilishi oqibatida odamlar kuchli sovuqda qolib ketgan. Ularning 46 nafari O‘zbekiston fuqarolari, yana 6 nafari Tojikiston fuqarolaridir.
Biroz muddat yo‘lovchilar kuchli sovuqda qolgan. Keyinchalik ular Irgiz tumanidagi issiq boshpanaga yuborilgan.
“Yo‘lovchilardan hech kim tibbiy yordam so‘rab murojaat qilmagan”, deyiladi Qozog‘iston FVB xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты