Huawei 1
O‘zbekistonning oltita hududida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi

O‘zbekistonning oltita hududida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga 16—22-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sabab bo‘ladi. 

Shu bois respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda qor ko‘chish xavfi eʼlon qilinadi. Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60512 | Инструменты