Huawei 1
“O‘zbekneftgaz”: 2021 yilda neft va gaz qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha belgilangan reja ko‘rsatkichlar bajarildi

2021 yilning yanvar-dekabr oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan uglevodorodlarni qazib chiqarish va qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarning samarali amalga oshirili natijasida  barcha yo‘nalishlarda belgilangan reja ko‘rsatkichlari bajarildi.

Bunda Prezidentning 2017 yil 9 martdagi qaroriga asosan ishlab chiqilgan “2017 – 2021 yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib olishni ko‘paytirish dasturi” hamda  “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisinining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uglevodorodlarni qazib chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar” dasturulamal bo‘lib xizmat qildi.

Aholining va mamlakat iqtisodiyotining uglevodorodlarga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash, neftgaz tarmog‘ining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, istiqbolli maydonlar va konlarda quduqlar va ob’yektlar qurishni jadallashtirish yo‘li orqali uglevodorod qazib olish hajmlarini oshirishga erishildi.

Xususan, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 164 ta quduq burg‘ilashdan, 733 ta quduq mukammal ta’mirlashdan va 44 ta texnologik ob’yektlar qurib ishga tushirildi. Ushbu chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi natijasida, qo‘shimcha 5011,9 mln kub metr tabiiy gaz, 95,7 ming tonna gaz kondensati, hamda 6,9 ming tonna neft qazib chiqarildi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan geologo-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishi va mavjud quduqlarni samarali ishlatish natijasida, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi quyidagicha bo‘ldi:

• Tabiiy gaz – 33 904 mln kub metr, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,4% yoki qo‘shimcha 800 mln kub metrga ko‘p;

• Neft – 116,1 ming tonna, rejaga nisbatan 106,5%;

• Kondensat – 1429,5 ming tonna, rejaga nisbatan 103,4%;

• Suyultirilgan gaz – 645,1 ming tonna, rejaga nisbatan 100,3%;

• Oltingugurt – 258,0 ming tonna, rejaga nisbatan 125,3%;

• Polietilen – 135,2 ming tonna, rejaga nisbatan 104,0%;

• Avtobenzin – 897,5 ming tonna, rejaga nisbatan 112,3%;

• Dizel yonilg‘isi – 397,2 ming tonna, rejaga nisbatan 189,6%.

Tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida 2022 yil ham geologiya va izlov-qidiruv ishlari bo‘yicha tadbirlar rejasi belgilab olindi. Joriy yilda 75 ta tabiiy gaz quduqlarini burg‘ilash tadbirlari ishlab chiqildi. Geologiya ishlarini jadallashtirish hisobiga 2022 yilda 35 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish belgilandi.

Shuningdek, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi “Dengizko‘l” konida siquv kompressor stansiyasini ishga tushirish, tabiiy gaz qazib olish barqarorligin ta’minlash maqsadida “Kultak”, “Shumak”, “Girsan” va “Cho‘lquvar” konlarida ham kichik siquv kompressor stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122423 | Инструменты