“O‘zbekneftgaz”ning 78 ta AYOQSHlarini nazorat qiluvchi “UNG Petro”ning 100 foizlik ulushi Doniyor Komilovga tegishli kompaniyaga o‘tdi. Bu haqda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestrida ma’lumot berilgan.
Bunga qadar zapravkalarning egasi “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi bo‘lgan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2023-yil may oyida 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro MCHJ xususiylashtirilishini eʼlon qilgan edi.
Petroleum Technology Group kompaniyasi hozirgacha UNG Petro’ni qachon va necha pulga sotib olgani haqida xabar bermagan.
Maʼlumot uchun, Doniyor Komilov Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib olgan Metropol Group MCHJning ham yagona taʼsischisi hisoblanadi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov bu borada fikr bildirar ekan, “Davaktiv O‘zbekistondagi eng yirik zapravka tarmog‘ini yana imi jimida, yopiq kabinetlarda tanlangan ”egasiga“ topshirib qo‘ya qolgan ko‘rinadi”, deya yozmoqda.
“Sopini o‘zidan chiqarib qo‘yishmagan bo‘lishganida, qanaqadir ”go‘zallik konkursi“ o‘tkazishgan yoki ikki qator ochiq axborot berishgan bo‘lishardi. Enidanam, bo‘yidanam, ostidanam, ustidanam talanayotgan O‘zbekneftegazni MCHJga aylantirib, tugatib yuborishsa kerak. Yana nimasi qoldi o‘zi?”, — deya qo‘shimcha qiladi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112111 | Инструменты