Huawei 2
Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi

Oliy sudga O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashlarining maxsus yig‘ilishining 1930-1938-yillardagi qarorlariga ko‘ra hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hududlarida aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar va qurolli qo‘zg‘olonlar, terrorchilik, banditizm va shpionaj sodir etish, Turkfront maxsus bo‘limi hayʼati hamda Butun Rossiya favqulodda komissiyasi Prezidiumining maxsus yig‘ilishining 1920-1921-yillardagi qarorlariga ko‘ra hozirgi Farg‘ona viloyati hududida bosmachilik harakatida ishtirok etish hamda O‘zSSR Oliy sudining 1938 yildagi hukmiga ko‘ra partiya tashkilotlarida aksilsho‘ro faoliyatini amalga oshirganlikda ayblangan 198 nafar shaxsga oid 11 ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida protestlar keltirildi.

2024-yil 6-may kuni Oliy sud raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida ushbu protestlar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 11 ta jinoyat ishi bo‘yicha 198 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.

SSR Oliy sudi jinoyat sudlov hayʼatining 1930 yil 21 iyundagi hukmi bilan O‘zbekiston SSR Oliy sudi raisi lavozimida ishlagan Saʼdulla Qosimov va boshqalar (jami 7 kishi) O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga mol-mulkini musodara qilgan holda o‘lim va ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatining bugungi sud majlisida S. Qosimovning nabirasi F. Saʼdullayev tomonidan ushbu hukm ustidan berilgan kassatsiya shikoyati hamda Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan ushbu jinoyat ishi yuzasidan keltirilgan kassatsiya protesti ham ko‘rib chiqildi. Natijada S. Qosimov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan ayblov hukmi bekor qilinib, ularning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli aybsiz deb topilib, oqlandi.

Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat tantana qildi.

2024-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatag‘on qurbonlari ro'yxati:

Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi Oliy sudi jinoyat sudlov hayʼatining 1930 yil 21 iyundagi hukmiga ko‘ra:

1). 1900 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, maʼlumoti o‘rta, oilali, 1 nafar farzandi bor, sudlanmagan, 1929 yil 3 martga qadar O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlagan, Toshkent shahri, Egarchilik mahallasida istiqomat qilgan Kacimov Sagdulla Rashidovich O‘zbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga;

2). 1897 yilda tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, O‘zbekiston SSR Oliy sudining sobiq prokurori lavozimida ishlagan, muqaddam sudlangan Sharipov Badriddin O‘zbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 58-moddasi,
63-moddasi 1-qismi, 78-moddalari bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga;

3). 1866 yilda tug‘ilgan, maʼlumoti o‘rta, Toshkent shahrining Eski shahar qismi sudyasi lavozimida ishlagan, muqaddam sudlanmagan Mirsagat Mirzakirov O‘zbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga;

4). 1884 yilda tug‘ilgan, boshlang‘ich maʼlumotga ega, xalq sudyasi lavozimida ishlagan, muqaddam Toshkent okrug sudining
15.04.1926 yildagi hukmi bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan Rustam Xodja Ibragim Xodjayev O‘zbekiston SSR JKning
(1926 yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga;

5). 1890 yilda tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, advokatlar kollegiyasi aʼzosi bo‘lgan, muqaddam sudlanmagan Spirodonov Vyacheslav Petrovich O‘zbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 63-moddasi  bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga;

6). 1889 yilda tug‘ilgan, boshlang‘ich maʼlumotga ega, savdogar, muqaddam sudlangan, Toshkent okrug sudining 19.09.1929 yildagi hukmi bilan 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan Alimov Nasriddin O‘zbekiston SSR JKning (1926 yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga;

7). 1893 yilda tug‘ilgan, maʼlumoti o‘rta, savdogar, muqaddam sudlanmagan Samigjanov Akbar O‘zbekiston SSR JKning (1926 yilgi)
63-moddasi  bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanganlar.

Sudning hukmiga ko‘ra, S. Kacimov 1924 yildan 1925 yilga qadar Toshkent viloyat sudining raisi hamda 1925 yil 23 dekabrdan 1929 yil
3 martga qadar O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlab kelib, shaxsiy boylik orttirish maqsadida, talon-toroj, poraxo‘rlik, tizimli ravishda tamagirlik jinoyatlarini sodir etganlikda;

B. Sharipov 1927 yilda Buxoro okrug sudi raisi lavozimiga tayinlanib, milliy ozodlik harakatining (“bosmachilik”)
faol ishtirokchisi bo‘lib, savdogarlar manfaatini ko‘zlagan holda S.Kacimov bilan birgalikda sovet sudlaridan foydalangan holda, shuningdek sudsiz va tergovsiz “bosmachilar” niqobi ostida o‘n nafar aybsiz dehqonlarni otib tashlab, o‘zining harakatlari bilan dehqonlar ommasini sovet idoralariga qarshi yo‘naltirganlikda;

M. Mirzakirov 1922 yildan 1928 yilga qadar Toshkent shahrining Eski shahar qismida xalq sudyasi lavozimida ishlagan davrda, turli moddiy boyliklar evaziga firibgarlik va mansab soxtakorligi jinoyatlarini sodir qilishda S.Kacimovga ko‘maklashib kelganlikda;

R. Ibragim Xodjayev 1922 yildan 1925 yil mart oyiga qadar Mirzacho‘l shahrining xalq sudyasi lavozimida ishlab, S.Kacimovning xabardorligida va S.Kacimov bilan til biriktirib, aholidan pora olish va taʼmagirlik jinoyatlarini sodir etish, davlat va xususiy mulklarni o‘zlashtirish, doimiy ravishda pora evaziga noqonuniy hukmlar chiqarish, o‘sha davrda Toshkent okrug sudi rais o‘rinbosari lavozimida ishlagan S.Kacimovga doimiy ravishda pora berish orqali sud tizimini inqirozga uchrashida ko‘maklashganlikda;

V. Spiridonov 1921 – 1923 yillarda Toshkent shahri xalq sudyalari kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida, 1923-1929 yillarda esa advokat sifatida faoliyat ko‘rsatib, soxta hujjatlar hamda guvohlarning yolg‘on guvohligidan foydalanib, sudyalarga, shu jumladan Oliy sud raisi S.Kacimovga pora berish orqali sud tizimini inqirozga uchrashida ko‘maklashganlikda;

N. Alimov “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilotining faol aʼzosi sifatida tashkilotning barcha rahbarlari bilan qalin munosabatda bo‘lib, tuzilgan rejaga asosan, doimiy ravishda sovet tashkilotlarini, xususan sud va moliya idoralari xodimlariga spirtli ichimliklar ichdirib hamda ularga pora berib, S.Kacimov bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, maʼmuriy va sud ishlarida o‘ziga tanish bo‘lgan savdogar hamda aksilinqilobchilarga nisbatan oqlov hukmi yoki yengil jazo tayinlanishiga erishganlikda;

A. Samigjanov “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilotining faol aʼzosi va katta savdogar bo‘lgan holda S.Kacimov va M.Mirzakirovlarga spirtli ichimliklar ichdirib, ulardan o‘zining g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanib, jumladan Toshkent shahrining Eski shahar qismidan noqonuniy yerlarni olish va noqonuniy shartnoma rasmiylashtirishda M.Mirzakirov rahbar bo‘lgan xalq sudidan foydalanganlikda aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1931 yil 21 noyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

1). 1899 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Djumaniyazov Irniyaz;

2). 1886 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Kurbanov Kosh;

3). 1901 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Kabulov Nazar;

4). 1895 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Avazmetov Abdulla;

5). 1896 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Matchanov Bekchan;

6). 1886 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Iskanderov Matchan;

7). 1906 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Chandir-Kiyat qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Kachkarov Igamberdi;

8). 1903 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Chandir-Kiyat qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Raximov Sharip;

9). 1870 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natishga shartli hukm qilingan Babadjan Irniyaz;

10). 1902 yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Saurov Mayli O‘zSSR JKning 14-78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʼni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi og‘irlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Djumaniyazov Irniyaz
va boshqalar bosmachilik aksilinqilobiy harakati aʼzolari bilan doimiy aloqa o‘rnatishib, ularni o‘zlarining uylarida qabul qilishib, bosmachilik guruhlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab, sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga o‘zlarida saqlanib kelinayotgan qurollarni topshirmaslik hamda kollektivlashtirishga qarshi targ‘ibotlarni amalga oshirish orqali qarshilik ko‘rsatib kelishganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1932 yil 5 noyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

1). 1881 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Otaliq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Matmuratov Matchanbek;

2). 1896 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp shahrida yashagan,
5 yilga konslagerga jo‘natilgan Saitniyazov Raimbergen;

3). 1874 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Djumaniyazov Matyakub;

4). 1869 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Saribakalov Mamadjan;

5). 1895 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Bakalov Masharip Sari;

6). 1895 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Avshar qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Pirmanov Kurambay;

7). 1875 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Adamov Raxmankul;

8). 1891 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Babaniyazov Nurulla;

9). 1870 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib, qamoqdan ozod qilingan Masharipov Ibragim Yuzbashi;

10). 1911 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Masharipov Pirdjan;

11). 1881 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Avshar qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Atadjan;

12). 1872 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Vaisov Mulla Kuryaz;

13). 1881 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xazarasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Masharipov Madraim;

14). 1871 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Pernauxas qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Sultanmuratov Djumaniyaz;

15). 1870 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Masharipov Xudaybergen;

16). 1870 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Avezov Matmurat;

17). 1876 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Aminov Nazar Maxram;

18). 1882 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdalniyazov Madaminjan;

19). 1887 yilda tug‘ilgan, millati qozoq, Xiva tumani, Avez Dunyak qishloq sovetida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Kosharov Mustafa-Kazak;

20). 1873 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Masharipov Xudaybergen;

21). 1891 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Allabergenov Djumaniyaz;

22). 1876 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Durgadiq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Kalandarov Saur;

23). 1890 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Ibragimov Yusup Xodja;

24). 1871 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa shahrida yashagan, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan Axmetov Mulla Ibaydulla;

25). 1871 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Ohunboboyev qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan Abdukadirov Abdushukur;

26). 1866 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Polvon qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib, qamoqdan ozod qilingan Yusupov Nurmat;

27). 1865 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Tama-Durvadi qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan Masharipov Babadjan Maksum;

28). 1893 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Atadjanov Ibragim;

29). 1896 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdurasul Maxsum Ibadula Xodji;

30). 1876 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Shovot tumani, Manak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Davletmuratov Yakshi Murat;

31). 1910 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Shovot tumani, Arbek qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Atadjanov Abdi Ishan;

32). 1895 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Shovot tumani, Arbek qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Atadjanov Usman Ishan;

33). 1896 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Shovot tumani, Kurbak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Nurmetov Ibadulla;

34). 1901 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Urganch tumani, Yuqori Bog‘ qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Artikov Vais;

35). 1874 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Urganch tumani, Yuqori Bog‘ qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Axmedov Usta Kalandar;

36). 1891 yilda tug‘ilgan, millati turkman, Porsin tumani, Ildirshix qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Shagalov Safar;

37). 1886 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Tashouz tumani, Kukchagar qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Durdiyev Safarbay;

38). 1892 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Ilyalinskiy tumani, Kenges qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Bekmuratov Berdi Klich;

39). 1886 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa shahrida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Nurullayev Saydulla O‘zbekiston SSR JKning 78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʼni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi og‘irlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Matmuratov Matchanbek
va boshqalar 1931 yil fevral oyining boshlarida sovet hokimiyatini ag‘darish, unga qarshi qurollangan bosmachilik-isyonchilik kurashini tashkil etish hamda oldingi xonlik boshqaruvi tartibini tiklash maqsadida, Afg‘oniston hududidan Xiva hududiga o‘tgan Junaidxonning o‘g‘li Eshimxonning qurollangan guruhlarini kuchaytirish uchun yangi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida ular bilan aloqa o‘rnatganlikda ayblangan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1932 yil 22 yanvardagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

1). 1895 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Rubat Xodja qishlog‘ida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Sattarov Shanazar;

2). 1877 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Bauman tumani, Shuristan qishlog‘ida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Baltayev Bazar;

3). 1891 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Vobkent tumani, Peshku qishlog‘ida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Kadirov Yarikul;

4). 1874 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Vobkent tumani, Mugulan qishlog‘ida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Klichev Tursun Amin;

5). 1874 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro shahri, Tobxana guzarida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Mustafakulov Muxamed Kul;

6). 1892 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Bauman tumani, Chuprak qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Ruziyev Xodji Murad Amin;

7). 1869 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Vobkent shahri, Poxsa guzarida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Radjabov Mirza Axmed;

8). 1886 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro shahri, Mirza Xamid guzarida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Adilov Kari Daud;

9). 1889 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro shahri, Kari Mustakim guzarida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xalikov Sabir;

10). 1883 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Bauman tumani, Qassoblar qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Saibov Niyaz;

11). 1913 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Kuli-Djuybar qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Nurullayev Ruzi;

12). 1886 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Buxoro tumani, Buyro qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Raxmanov Mulla Safar;

13). 1897 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Djandikon qishlog‘ida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Turdiyev Bazar;

14). 1903 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Djandikon qishlog‘ida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Raxmatov Tyura;

15). 1897 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Djandikon qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Katta Sheyxov Toksan;

16). 1899 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Lyabirud qishlog‘ida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Djalalov Xuseyn;

17). 1871 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Chagdari qishlog‘ida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Marufov Sharif;

18). 1879 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Rubat Xodja qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Tursunov Murad;

19). 1911 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Rubat Xodja qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Gadayev Nor;

20). 1903 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Bauman tumani, Shuristan qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xaitov Xalim;

21). 1898 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Chagdari qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Tyurayev Talip;

22). 1881 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Vobkent tumani, Maxallya Ashxan qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Sharipov Xamdam;

23). 1895 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Karabag qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Nazarov Nor;

24). 1889 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Saidon qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Xamrayev Normurat;

25). 1885 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Karabag qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Xaydarov Barat;

26). 1883 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Chagdari qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Fayziyev Djuma;

27). 1908 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro tumani, Sufi-Kargar qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Periyev Saidkul;

28). 1883 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Vozirsha qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natishga shartli hukm qilinib, jazodan ozod qilingan Xayriyev Safar;

29). 1899 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro tumani, Sufi Kargar qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natishga shartli hukm qilinib, qamoqdan ozod qilingan Norov Nigmat O‘zSSR JKning 78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʼni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi og‘irlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Klichev Tursun Amin
va boshqalar 1931 yilda Buxoro sektorining G‘ijduvon, Vobkent, Bauman
va boshqa tumanlari hududida sovet hokimiyatiga qarshi qurollangan kurash olib borish maqsadida aksilinqilobiy bosmachilik guruhlarini tashkil etish, o‘z saflarini kengaytirib, keyinchalik Tojikiston hududida sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borayotgan Ibrohimbek laqayga borib qo‘shilish, aksilinqilobiy tashviqot olib borganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1932 yil 20 avgustdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

1). 1892 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 10 yilga qonslagerga jo‘natilgan Tursunkulov Mumin;

2). 1902 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Sayfullayev Lutfulla;

3). 1877 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Berdiyev Kabil Tangri;

4). 1904 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xazratkulov Xasan;

5). 1906 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xafizov Iskandar;

6). 1902 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xafizov Ali;

7). 1894 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Asman-Say qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abduraxmanov Bek-Ali;

8). 1892 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Rashid;

9). 1897 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Mukum;

10). 1891 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xudoyarov Tura;

11). 1896 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xasanov Savran;

12). 1897 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abduraxmanov Dastan;

13). 1895 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Berdiyarov Davran;

14). 1900 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Alimov Turgun;

15). 1904 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Niyazov Karabek;

16). 1886 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Davranov Sindar;

17). 1886 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Davranov Djaldibay;

18). 1907 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Tursunkulov Bazarbek;

19). 1883 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Igamberdiyev Raimkul;

20). 1900 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Uchli qishloq sovetida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Adilov Akilbek;

21). 1892 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Uchli  qishloq sovetida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Adilov Bayzar;

22). 1884 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Abdullayev Irgash;

23). 1871 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Berdiyarov Ixlas;

24). 1898 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Asman-Say qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Batirov Aman;

25). 1877 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Saxip;

26). 1866 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Mirzayev Xafiz Maksum Mulla;

27). 1872 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3 yilga surgun qilingan Keldibayev Aman;

28). 1890 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Osmonsoy qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Kipchakov Barat;

29). 1887 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Djura O‘zSSR JKning 66 (shpionaj), 67 (maxsus qo‘riqlanadigan davlat sirini tashkil etmaydigan iqtisodiy maʼlumotlarni to‘plash) va 78-moddalari (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, yaʼni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi og‘irlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, M.Tursunkulov va boshqalar kelib chiqishiga ko‘ra boy, savdogar va urug‘ boshlari bo‘lgani holda, Oktyabr sotsialistik inqilobidan so‘ng Sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ochiqdan-ochiq qarshilik ko‘rsatish, Xamroqulbek, Mella Dehqon, Xudoyor va boshqalarning bosmachilik to‘dalarida ishtirok etish, kolxozlardagi hokimiyatni egallab olib, sovet hokimiyatiga qarshi faoliyat olib borish, ushbu maqsadlarda yashirin yig‘inlar o‘tkazib, ularda qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarish, sobiq bosmachilar bilan aloqa o‘rnatish, qurol-yarog‘ sotib olish uchun pul mablag‘lari yig‘ish masalalarini muhokama qilib kelganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1930 yil 3 yanvardagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

1).1887 yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan, Kosonsoy tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Umaraliyev Dadaboy;

2).1905 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Miryusupov Mirvali;

3). 1896 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Rasulbayev Mamadjan Qori;

4). 1898 yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan, Kosonsoy tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Azimbayev Mulla Axmed Ali;

5). 1902 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Miryusupov Abdugapar;

6). 1902 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Azimbayev Xadjimat;

7). 1894 yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Zakirxodjayev Kamildjan;

8). 1910 yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan, Kosonsoy tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Alinazarov Gaipberdi;

9). 1911 yilda To‘raqo‘rgon tumanida tug‘ilgan, To‘raqo‘rgon tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Xaqnazarov Abuladjan;

10). 1898 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, 3 yilga konslagerga surgun qilingan Ishmatov Djaparlar O‘zSSR JKning  58 va 78-moddalari (banditizm, sovet hududiga qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Umaraliyev Dadaboy
va boshqalar 1929-1930 yillarda Namangan tumanida eski mahalliy boylar hisoblanib, Nosirxon to‘ra Kamolxonto‘ra ishiga aloqador shaxslar sifatida aksilinqilobiy harakati aʼzolarini qo‘llab kelishib, sovet hududida qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1938 yil 16 fevraldagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

1).1894 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Yusupov (Kazakov) Ismail;

2).1886 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva  tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Xudaybergenov Raxman;

3). 1884 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Xaknazarov Artik;

4). 1887 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Ibragimov Matriza;

5). 1898 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Yusupov Qalandar;

6). 1887 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Fazilov Abdulla;

7). 1888 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Nakiyev Babadjan;

8). 1885 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, 10 yilga konslagerga surgun qilingan Nakiyev Saidjan;

9). 1882 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Nakiyev Askar;

10). 1895 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Abduraxmanov Latip;

11). 1881 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Tadjiyev Abdalniyaz;

12). 1893 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Kurambayev Madraim;

13). 1908 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Karimov Matyakub;

14). 1880 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Matchanov Bekchan;

15). 1881 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan,
millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Abdullayev Atadjan O‘zSSR JKning
13, 58, 67-moddalari (sovet hududiga qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelish, aksilinqilobiy harakatlar sodir sodir etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Yusupov (Kazakov) Ismail va boshqalar
1937 yilda Xiva tumani, Jundiyon qishlog‘ida joylashgan “Xon Ismoil ota” masjidida yig‘ilishlar o‘tkazishib, aksilinqolibiy rejalarni tuzishgan hamda “Junaidxon”ni tanigan eski boylar sifatida qurolli to‘da shakllantirib, sovet hududida qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy harakatlar sodir etish maqsadlarida harakat amalga oshirishganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1938 yil 4 fevraldagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

1).1913 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Raximov Masharip;

2).1914 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Kamalov Sabur;

3). 1901 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Kuryazov Baba;

4). 1910 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Matnazarov Safarbala;

5). 1904 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Adambayev Atadjan;

6). 1901 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Babadjanov Raim;

7). 1901 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Abdukarimov Matyakub;

8). 1908 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Raximov Jumaniyaz;

9). 1898 yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan,
10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Raximov Kurbanbaylar O‘zSSR JKning  78-moddasi (banditizm) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Raximov Masharip

va boshqalar 1937 yilda Xorazm okrugi, Hazorasp tumanining Pichoqchi va Yuqori Muxomon qishloqlarida “Shokirbola” qurolli to‘dasiga birlashib, sovet hududida qurolli qo‘zg‘olon yoki banditizm maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblanishgan.

Turkfront maxsus bo‘limi hayʼatining 06.11.1920 yildagi hamda Butun Rossiya favkulodda komissiyasi Prezidumining 1921 yil
27 oktyabrdagi maxsus yig‘ilish qarorlariga ko‘ra:

1).1896 yilda Orenburg shahrida tug‘ilgan, Farg‘ona viloyatida yashagan, otuvga hukm qilingan Doriomedov Andrey Ivanovich;

2).1902 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, millati o‘zbek, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Sadikbayev Abdulladjan;

3). 1887 yilda Pishpak shahrida tug‘ilgan, Farg‘ona shahrida yashagan,
2 yilga konslagerga surgun qilingan Roksikov Nikolay Alekseyevich;

4). 1900 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, 1 yilga konslagerga surgun qilingan Fedorov Mixail Dmitriyevich;

5). 1892 yilda Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Arsenyeva Vladimir Mixaylovich;

6). 1901 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Nikolskiy Viktor Ivanovich;

7). 1901 yilda Farg‘ona viloyatida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Babayev Mulla Abdulladjan;

8). 1875 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Shepelev Semena Vasilyekich;

9). 1895 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Barxash Lev Lvovich;

10). 1881 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Gorodiskiy Konstantin Konstantinovich;

11). 1878 yilda tug‘ilgan, Glodosoxa shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Yakovenko Fedor Titovich;

12). 1865 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Nenzberg Vladimir Aleksandrovich;

13). 1889 yilda Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Nikolskiy Andrey Ivanovich;

14). 1885 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Vlasov  Dmitriy Pavlovich;

15). 1877 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Antipov Nikolay Danilovich;

16). 1891 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Sologub Anatoliy Nikolayevich;

17). 1874 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Muxanov Aleksandr Vladimirovich;

18). 1874 yilda tug‘ilgan, Jalolobod tumanida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Monstrov Konstantin Ivanovich;

19). 1897 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, 1 yilga konslagerga surgun qilingan Lazarev Aleksandr Ilich;

20). 1886 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Sitnyakovkiy Boris Nikonorovich;

21). 1895 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Sitnayakovskiy Aleksey Nikonorovich;

22). 1898 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Pokrovskaya-Spirodonova Olga Dmitriyevna;

23). 1888 yilda Eski Marg‘ilon shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Rodziyevskiy Dmitriy Grigoryevich;

24). 1875 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Bezsonov Andrey;

25). 1895 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Nikolkaya Lidiya;

26). 1899 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahrida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Shakirov Ikrom;

27). 1870 yilda Skobelev shahrida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Lyali-Xodja-Turdi-Xodjayev;

28). 1870 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, konslagerga surgun qilingan Shmatbayev Madat;

29). 1870 yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, konslagerga surgun qilingan Nishan-bibi Muxamed Saidov Turkiston hududida Madaminbek boshchiligidagi bosmachilik harakatida ishtirok etishda aybli deb topilgan.

Turkfront maxsus bo‘limi hayʼatining 1920 yil 16 noyabrdagi hamda Butun Rossiya favkulodda komissiyasi Prezidumining 1921 yil 27 oktyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, A.Doriomedov va boshqalar 1919-1920-yillarda Farg‘ona o‘lkasida aksilinqilobiy harakati aʼzolarini qo‘llab kelishib, sovet hududida qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakat amalga oshirish maqsadida “Madaminbek” boshchiligidagi bosmachilik harakati aʼzolariga qo‘shilishib, ularni zaruriy razvedka maʼlumotlari hamda tovar taʼminotlari bilan taʼminlab turishganlikda ayblanishgan.

O‘zbekiston SSR Oliy sudining 1938 yil 13 fevraldagi hukmiga ko‘ra:

1). 1892 yilda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘z.SSR fuqarosi, xizmatchi, maʼlumotga ega emas, oilali, Yangiyo‘l shahrida yashagan Ubaydulla Abdullayev;

2). 1897 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘z.SSR fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, xizmatchi, Toshkent shahar, Oktyabr tumani, Qizilqo‘shin mahallasi 55-uyda yashagan Fatxulla Sagdullayev;

3). 1905 yilda Farg‘ona viloyat, Qo‘qon shahri, Ikkinchi Beshariq mahallasida tug‘ilgan,  millati o‘zbek, O‘z.SSR fuqarosi, maʼlumotli, oilali, Toshkent shahar, Oktyabr tumani, Hamza ko‘chasi, 7-uyda yashagan Nabi Rabiyev;

4). 1886 yilda Yangiyo‘l tumani Nav  qishlog‘ida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘z.SSR fuqarosi, maʼlumotli, oilali, kolxozchi,  Yangiyo‘l tumani Nav  qishlog‘ida yashagan  Muxiddin Muminxo‘jayev;

5). 1903 yilda Farg‘ona viloyati, Stalin (Shaxrixon) tumani, Shaxrixon qishlog‘ida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘z.SSR fuqarosi, maʼlumotli, oilali, Yangiyo‘l tumani Nav  qishlog‘ida yashagan Juma Alibayev;

6). 1886 yilda Farg‘ona viloyati, Lenin (Asaka) tumani, Ota qishlog‘ida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘z.SSR fuqarosi, maʼlumotli, oilali, Yangiyo‘l tumani Zangi-ota  qishlog‘ida yashagan Mamatalibek Qosimov;

7). 1903 yilda Farg‘ona viloyati, Stalin (Shaxrixon) tumani, O‘rta Shaxrixon qishlog‘ida tug‘ilgan, millati uyg‘ur, O‘z.SSR fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, Yangiyo‘l tumani Nav  qishlog‘ida yashagan  Qambar Sodiqov O‘zbekiston O‘z.SSR JKning 63-moddasi, 70-moddasi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki konfiskatsiya qilingan holda U.Abdullayev, J.Alibayev
va M.Qosimovlarga otuv, N.Rabiyev, F.Sagdullayev, Q.Sodiqov, M.Mo‘minxo‘jayevlar  turli yillarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar O‘zbekiston Markaziy partiya va sovetlar tashkilotlarida bir necha yildan buyon niqob ostida yurib, eski kapitalizm tarafdorlari, xalq dushmanlari va burjua millatchilari Akmal Ikromov, Boltaboy Shermuhamidov, Fayzulla Xo‘jayev va boshqalar O‘zbekistonning o‘sishiga chiday olmay, fashizm, kapitalizm davlatlariga koloniya qilib berishni o‘zlariga maqsad qilib, O‘zbekistonning ko‘plab tumanlarida, tuman partiya tashkilotlarida va sovet xo‘jalik tashkilotlarida o‘zlariga yaqin bo‘lgan maslakdoshlarini qo‘yish orqali o‘zlarining aksilinqilobiy maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilganlar.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Alohida kengashining 1931 yil
23 sentyabrdagi qaroriga ko‘ra:

1). 1899 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, maʼmumotli, oilali, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida yashagan Fuzailov Sagdulla;

2). 1897 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, maʼmumoti oliy, oilali, sobiq tadbirkor, Toshkent shahrida yashagan Arifxodjayev Ilxam;

3). 1911 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, maʼmumotli, sobiq tadbirkor, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida yashagan Ziyaxodjayev Madjid;

4). 1911 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, maʼmumotli, Toshkent shahrida yashagan Ziyaxodjayev Xamid;

5). 1911 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, maʼmumotli, Toshkent shahrida yashagan Axmedov Djuralar O‘zbekiston SSR JKning 67-moddasi (yashirin kontrrevolyutsion tashkilotni tuzish) bilan aybdor deb topilib, S.Fuzailov, I.Arifxodjayevlar 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan (konslager) hamda M.Ziyaxodjayev, X.Ziyaxodjayev, D.Axmedovlarga dastlabki tergov davomida qamoqda bo‘lishgani sababli, jazodan ozod etilgan.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Muxtor vakili qoshidagi Alohida kengashining qaroriga ko‘ra, yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar 1930 yilda “EKFB” (Ekapchilar Birligi) kontrrevolyutsion tashkilotiga aʼzo bo‘lib, sovet hukumatiga qarshi yashirin ravishda faoliyat olib borishgan.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930 yil 5 maydagi qaroriga ko‘ra:

1). 1872 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, 2 nafar farzandi bor, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Tyuraxodja Kalimbetov;

2). 1872 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchak tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, molboqar, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Shila Davlet;

3). 1905 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Nasratdin Sadulla;

4). 1860 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati,  Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Akmamet Sadubay Ishan;

5). 1867 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qoraqalpoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Sara Xodjakeyev;

6). 1964 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, diniy
va dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullangan, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Bekmanov Adabay;

7). 1900 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan Naizeyev Djamil;

8). 1895 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan Daumbetov Seitnazar;

9). 1894 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan Yusup Axun Xodjayev;

10). 1902 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Pirnazar Kaatan;

11). 1885 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotli, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Biyxodja Kalimbetov;

12). 1897 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Djababergen Kadirbergenov;

13). 1898 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Musa Kadirbergenov;

14). 1911 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Gaib Shardjanov;

15). 1904 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Abaydulla Raushanov;

16). 1882 yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qoraqalpoq, SSRI fuqarosi, maʼlumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Bekbergen Toshanov RSFSR JKning 58.8 va 58.11-moddalari (kontr-revolyutsiya maqsadlarida terrorchilik aktini sodir etish, ishchilar sinfi
va revolyutsion harakatlarga faol qarshi kurashish) bilan aybdor deb topilib, mol-mulki konfiskatsiya qilingan holda Sh.Davlet, T.Kalimbetov, S.Xodjakeyevlarga otuv, S.Nasradin, B.Kadimbetov, D.Kadirbergenov, M.Kadirbergenov, G.Sharjanov, S.Akmamet, A.Bekmanov, D.Nayzeyev, S.Daumbetov, Yu.Xodjayev, K.Pirnazar, A.Raushanov, B.Toshanovlar  turli yillarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengash qaroriga ko‘ra, T.Kalimbetov va boshqalar yillar davomida Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida kontrevolyutsiyaviy sovet ittifoqiga qarshi faoliyat olib boruvchi terroristik guruh tuzib, uning faoliyatiga rahbarlik qilish hamda Turkiston SSR va Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati hududidagi Djunaidxon boshchiligidagi boshqa isyonchi guruhlar bilan aloqa qilish hamda Qipchoq tumanidagi №9-sonli ovuldagi sovet hokimiyatini qurol bilan ag‘darib o‘zini-o‘zi Xon deb eʼlon qilishga urunishda ayblanishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga