Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga 41-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 2 nafar mahkum og‘ir kasalliklari tufayli jazodan ozod qilinishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, mahkumlar Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakil, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi va boshqa komissiya a’zolari ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasida, hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi belgilangan.
Tibbiy ko‘rik natijasida mahkumlarga ushbu moddani qo‘llash zarurligi haqida xulosa berildi.
Mazkur ish yuzasidan mahkumlar jazodan ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112714 | Инструменты