“O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan, keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:
2024-yilga mo'ljallangan yo'nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejasi;
2024-yilda yo'nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro'yxati.
Amaliy tadbirlar rejasi quyidagi 5 ta yo'nalish va jami 100 ta maqsaddan iborat:
Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
Barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash;
Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
Qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20520 | Инструменты