Huawei 1
O'zbekiston 79,3 ming tonnadan ziyod qovun-tarvuz eksport qildi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko'ra, qiymati 24,4 million AQSH dollariga teng bo'lgan 79,3 ming tonnadan ziyod qovun-tarvuz xorijga eksport qilindi. Bu yil O'zbekiston 18 ta davlatga qovun-tarvuz sotgan.
 
 Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, qovun-tarvuz eksporti bo'yicha Qozog'iston 39,9 ming tonna ko'rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o'rinlarda Rossiya Federatsiyasi (16,2 ming tonna) va Qirg'iz Respublikasini (14,6 ming tonna) ko'rish mumkin.

 Ma'lumot o'rnida, qovun eksportida Jizzax viloyati 7,6 ming tonna va tarvuz eksportida Qashqadaryo viloyati 7,2 ming tonna ko'rsatkich bilan hududlar orasida yetakchilik qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga