O'zbekiston 8 oyda 5,8 mlrd. AQSH dollariga teng oltin eksport qilgan

O'zbekiston 8 oyda qiymati 5,8 mlrd. AQSH dollariga teng bo'lgan oltin sotdi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga 147,2 % ni tashkil etib, 1,8 mlrd. AQSH dollariga ko'p.

Oltin eksporti jami eksport ulushining 50 % ni tashkil etoqda.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan sakkiz oy mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd. AQSH dollariga kamaygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport 11,6 mlrd. AQSH dollari, import hamji 12,9 mlrd. AQSH dollariga teng bo'lib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -1,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты