Huawei 2
O'zbekiston 8 oyda xorijdan 162 mingdan ziyod muzlatgich sotib oldi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko'ra, mamlakatimizga qiymati 22,5 million AQSH dollariga teng bo'lgan 162 mingdan ziyod muzlatgichlar import qilingan. O'tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil 25 783 dona kam muzlatgich xarid qilingan.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston 21 ta davlatdan muzlatgich import qilgan. Import ulushi yuqori bo'lgan davlatlar orasida Xitoy (71 ming), Rossiya Federatsiyasi (59,5 ming), Indoneziya (8,5 ming),  Vetnam (8,3 ming) va 4,7 ming dona muzlatgich bilan Belarus Respublikasini ko'rish mumkin.

Ma'lumot o'rnida, mamlakatimizda 2019 yilda qiymati 754,5 mlrd. so'mlik 502 ming dona muzlatgichlar ishlab chiqarilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga