Huawei 2
O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetiga yangi rektor tayinlandi

Sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Azizov Ulug'bek Botirovich O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi.
U.Azizov 2016 yildan hozirga qadar O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o'qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori – prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma'lumot uchun

U.B.Azizov 2000 yilda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavriat yo'nalishini tamomlagan. 2009 yilda Yaponiya Sukuba universiteti magistraturasida tahsil olgan. 2015 yilda Germaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) ishini yoqlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga