Huawei 1
O'zbekiston o'riklari 9 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinmoqda

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga  ko'ra,   2020 yil 1 iyun holati bo'yicha jami 11,2 ming tonna 10,9 million AQSH dollariga teng bo'lgan  o'rik mevalarimiz 9 ta xorijiy mamlakatlar bozoridan joy olgan.

Mazkur mamlakatlar orasida:

Qozog'iston 6 ming tonna, Rossiya 3,6 ming tonna, Qirg'iziston 1,2 ming tonna,  Birlashgan Arab Amirliklari 4,1 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo'ldi.

Shuningdek, joriy yilda O'zbekiston o'riklari  Ozarbayjon, Gruziya va Turkmaniston davlatlari bozorlarida ham sotila boshlangan.

Qayd  etilishicha,  o'tgan yilning shu davriga nisbatan o'rik mevasi eksporti 1,3 ming tonnaga oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga