Huawei
O'zbekiston sentyabr oyida qariyb 35 ming tonna uzum eksport qildi

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko'ra, qiymati 84,6 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan 86,5 ming tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 ming tonnaga ko'p.

 Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 9 oy mobaynida O'zbekiston uzumni eng ko'p eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 39,1 ming tonna
Qozog'iston – 34,3 ming tonna
Qirg'iz R. – 12,3 ming tonna
Belorus – 317,1 tonna

Ma'lumot o'rnida, 2020 yilning 9 oyida eng ko'p uzum eksport qilgan hududlar:

Toshkent viloyati – 24,3 ming tonna
Farg'ona viloyati – 22,2 ming tonna
Namangan viloyati – 9,5 ming tonna
Xorazm viloyati – 6,6 ming tonna

Комментарии: 0
Вы не авторизованы
Добавить комментарии без регистрации

Вверх