Huawei 1
O'zbekiston spirtli ichimliklar eksportini 2 baravarga oshirdi

1-sentabr holatiga O'zbekiston 23 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,3 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan spirtli ichimliklarni eksport qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 mln. AQSH dollariga yoki 2 barobarga oshgan.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilning 8 oyida eksport qilingan spirtli ichimliklar turlari quyidagicha:

Uzum sharobi (spirtli nastoykalar) – 8,6 mln.
Vino – 1,6 mln.
Vino konsetrati – 1,3 mln.
Konyak – 488,7 ming
Spirt – 142,3 ming
Aroq – 106,0 ming
Pivo – 39,2 ming AQSH dollari

Ma'lumot o'rnida, 2020 yilning 1 sentyabr holatiga ko'ra, O'zbekistonda qiymati 468,5 mlrd. so'mlik 40,3 mln. litr spirtli ichimliklar ishlab chiqarilgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122122 | Инструменты